Jahon | 07:26 / 02.05.2016
10054
1 daqiqa o‘qiladi
Shimoliy Koreya yetakchisi to‘y va dafn marosimlarini o‘tkazishni taqiqlab qo‘ydi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 6 mayda partiya qurultoyi o‘tkazilgungacha mamlakat bo‘ylab to‘y va dafn marosimlarini o‘tkazishni vaqtinchalik taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda The Sunday Times nashri xabar bermoqda.
"Shimoliy Koreya hukumati harakatlari qurultoyning bekamu-ko‘st o‘tkazilishi uchun xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan", deyilmoqda xabarda.
Shuningdek, Kim Chen In qurultoy tugagungacha mamlakatdan chiqish va unga kirishni taqiqlab qo‘ydi.
Shimoliy Koreyada 36 yil ichida birinchi marta Koreya Mehnat partiyasi qurultoyi o‘tkazilishi kutilmoqda. Bu kunga mamlakat alohida tayyorgarchilik ko‘rmoqda.
Avvalroq Shimoliy Koreyada qurultoy oldidan pirsing qilish va jinsi shim kiyishga taqiqlovlar kiritilgandi.