O‘zbekiston | 18:37 / 04.05.2016
7549
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 9 may kuni yog‘ingarchiliklar kuzatiladi

Gidrometeorologiya markazi bergan xabarga ko‘ra, 9 may kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘ylab yog‘ingarchiliklar kuzatiladi, momoqaldiroq bo‘ladi. Havo harorati kunduzi o‘rtacha 22 darajadan 33 darajagacha iliqni tashkil etadi. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 7 - 8 may kunlari yog‘ingarchiliklar kutilmaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish