Jahon | 17:42 / 05.05.2016
5148
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston prezidenti Dushanbega tashrif buyuradi

10-11 may kunlari Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf G‘aniy Tojikistonga rasmiy tashrif uyushtiradi. 

Ikki tomonlama aloqalarning barcha yo‘nalishlarida Afg‘oniston hamkorligi Tojikiston tashqi siyosatining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Bu haqda Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘aniyning rejalashtirilgan tashrifi oldidan Tojikiston tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi.  

Bu Ashraf G‘aniyning 2014 yil oktabrda prezidentlikka saylanganidan keyin Tojikistonga birinchi tashrifi bo‘ladi. 

12 may kuni rasmiy tashrif nihosiga yetgach, Afg‘oniston prezidenti Tojikiston, Qirg‘iziston prezidentlari hamda Pokiston bosh vaziri bilan birgalikda CASA-1000 energoloyihasi qurilishi boshlanish marosimida ishtirok etadi. 

12 kuni, shuningdek, Afg‘oniston bosh ijrochi vakili Abdulla Abdullaning tashrifi ham kutilmoqda. 

Ikki mamlakatning o‘zaro diplomatik aloqalari 1992 yilning 15 iyulida o‘rnatilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish