Jamiyat | 19:08 / 05.05.2016
6554
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyadagi sirkdan begemot qochib ketdi

Ispaniyaning Palos-de-la-Frontera nomli sirkidan begemot qochib ketdi. Bu haqda Sky News xabar tarqatdi

Tsirk hududidan begemotning qanday chiqib ketgani ma'lum emas.

Sayohati davomida qochoq ko‘chadagi o‘tlar bilan oziqlangan. Bundan tashqari, u avtotrassada sayr qilgan va yo‘lovchilarni cho‘chitgan.

Voqeaga guvoh bo‘lganlar uni suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan. Oxir-oqibat begemot tutilib, sirkka qaytarilgan. 

Begemotlarning uzunligi bir yarim metrgacha yetadi. Og‘irligi o‘rtacha bir yarim tonnagacha yetadi. Ular anchagina tajovuzkor hisoblanadi. Afrikada ular tufayli har yili odamlar nobud bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish