Jahon | 10:01 / 05.05.2016
3624
1 daqiqa o‘qiladi

Manba: Moskvada terakt sodir etmoqchi bo‘lganlar odamlarga o‘q uzmoqchi bo‘lgan

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlangan, Moskvada may bayramlari vaqtida bir qator teraktlarni amalga oshirmoqchi bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari gavjum joylarda odamlarga o‘q uzmoqchi bo‘lgan, deb xabar bermoqda huquq-tartibot muassasalaridagi manbaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

"Qo‘lga olingan kimsalar may bayramlarida gavjum joylarda odamlarga o‘q uzmoqchi bo‘lgan", deb aytdi manba. 

Ayni vaqtda bu ma'lumotning rasmiy tasdig‘i olinmagan.

Avvalroq Moskvada bayramlarda teraktlar sodir etmoqchi bo‘lgan bir guruh kimsalar qo‘lga olingani ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish