Sport | 10:54 / 05.05.2016
5930
2 daqiqa o‘qiladi

Ozarbayjonda futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati boshlanmoqda

5 may kuni start oladigan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tarkib topgan terma jamoalar o‘rtasidagi Yevropa chempionatiga Ozarbayjon mezbonlik qiladi.

Turnirda 16 jamoa 4 guruhga bo‘linadi. "A" guruhidan Ozarbayjon, Portugaliya, Belgiya va Shotlandiya joy olgan. "V" guruhini Ukraina, Germaniya, Avstriya hamda Bosniya va Gertsogovina termalari tashkil etgan. "S" guruhida Fransiya, Daniya, Angliya va Shvetsiya, "D" guruhida esa Italiya, Serbiya, Niderlandiya va Ispaniya terma jamoalari o‘rin olgan.

Turnirning guruh bosqichidagi o‘yinlar 5-12 may kunlari davomida o‘tkaziladi. Har bir guruhdan 2tadan jamoa chorak finalga chiqadi. Bu bosqichdagi uchrashuvlar 14-15 may kunlariga belgilangan. 18 may kuni yarim final bahslari o‘tkazilsa, 21 may kuni final bahsi bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvlar 4ta stadionda, Bokudagi Olimpiya stadioni, "Azersun", "Baksel" va Mardakyan qishlog‘i yaqinidagi "Dalga" stadionlarida o‘tkaziladi.

Turli yillarda yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi futbochlisi sifatida Sesk Fabregas, Mario Gyottse, Toni Kroos hamda Ueyn Runi kabi futbolchilar "Oltin o‘yinchi" mukofoti bilan taqdirlanishgan.

UYeFA yoshlar o‘rtasidag Yevropa chempionatini 1982 yildan boshlab o‘tazib keladi. 2002 yilgacha bu turnirda 16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirok etishgan.

2015 yilgi turnirda Fransiya terma jamoasi Germaniya yoshlarini yengib g‘olib chiqqandi. Bu turnirdagi eng sovrindor jamoa Ispaniya terma jamoasi hisoblanadi, lekin ispaniyaliklar oxirgi marta 2008 yilda chempion bo‘lishgan.

Mavzuga oid