Jizzaxda mustaqillik yoshlari bayrami o‘z nihoyasiga yetdi
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan o‘tkazilayotgan “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” shiori ostidagi yoshlar festivali Jizzaxda o‘z yakuniga yetdi.
2-4 may kunlarida Jizzax viloyatining barcha tumanlarida tashkil etilgan festivalning yakuniy qismi Jizzax shahrining markazida joylashgan Sug‘diyona sport majmuasida 12 mingdan ziyod yoshlar ishtirokida bayramona ruhda o‘tkazildi. Festivalga Zulfiyaxonim qizlari, sport bo‘yicha xalqaro va jahon chempionlari, fan va san'at ustalari hamda viloyatning bir qator iqtidorli yoshlarining chiqishlari hamda san'atkorlarning yurtni madh etguvi kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirok etishdi.
– Mana hozir bizning Sug‘diyona Markaziy stadionimizda “Biz buyuk yurt farzandlarimiz!” shiori ostidagi yoshlar festivalining gala-konsertidamiz! Biz yoshlarga bo‘lgan e'tibordan boshqa tengdoshlarim qatorida juda xursandman. Yurtimiz ravnaqi yo‘lida kuch-g‘ayratimizni ayamaymiz. Men shunday yurtda tug‘ilganimidan faxrlanaman.”-deydi festival ishtirokchilaridan biri.
Jizzaxdan «Kun.uz» muxbiri Akmal Binokulov