Jahon | 14:56 / 06.05.2016
5298
1 daqiqa o‘qiladi
Afg‘onistonlik harbiylar tolibonlar asirligidagi 60 kishini ozod qilishdi
Afg‘oniston xavfsizlik xizmati “Tolibon” radikal harakati nazorati ostida saqlanayotgan kamida 60 nafar mahbusni ozod qilgan. Bu haqda mudofaa vazirligiga tayanib Khaama Press xabar tarqatdi.
Agentlik xabariga ko‘ra, asirlarni ozod qilish operatsiyasi payshanbadan jumaga o‘tar kechasi Afg‘oniston janubidagi G‘ilmon viloyatida amalga oshirilgan. Reyd davomida afg‘on qurolli kuchlari ikki jangarini yo‘q qilgan, yana uch nafarini yaralagan. Harbiylar bergan qurbonlar haqida ma'lumot berilmadi.
Mudofaa vazirligi bayonoti bo‘yicha, Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari tolibonlarga tegishli bo‘lgan 10ta mototsiklni yo‘q qildi va katta miqdordagi portlovchi moslamalarni musodara qildi.