Jamiyat | 17:30 / 06.05.2016
2522
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada teri hujayralari yordamida bemorning ko‘rish qobiliyati qisman tiklandi

Yaponiyalik olimlar teri ildiz hujayralarini bemor ko‘ziga birinchi muvaffaqiyatli transplantatsiyasini amalga oshirishganini ma'lum qilishdi. Amaliyot natijasi Siyetlda bo‘lib o‘tgan har yillik ko‘rish hamda oftalmologiya sohasidagi tadqiqotlar Assotsiatsiyasi yig‘ilishida taqdim etildi. Bu haqda RNS xabar berdi. 

Amaliyot natijasida yoshga doir makulyar degeneratsiya – surunkali xastalik tashxisi qo‘yilgan 70 yoshli ayolning ko‘rish qobiliyati qisman tiklandi. Ayol 2014 yili davolangan, biroq uning natijalari endi – olimlar amaliyotning muvaffaqiyatiga to‘liq ishonch hosil qilganlaridan keyin oshkor etildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish