Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiyada 48 soatlik ommaviy ish tashlash boshlandi
Gretsiyada hukumat tomonidan o‘tkazilayotgan pensiya islohoti va ijtimoiy sug‘urta islohotlariga nisbatan norozilikni namoyish etish maqsadida 48 soatlik ommaviy ish tashlash boshlandi.
Ish tashlashdagi ishtiroki to‘g‘risida davlat ishchilarining ikkita yirik kasaba uyushma birlashmalari – Mehnat bosh konfederatsiyasi va Fuqarolik xizmatchilari oliy ma'muriyati ma'lum qildi. Bu haqda TASS xabar qildi.
Norozilik namoyishiga jamoat transporti ishchilari qo‘shildi. Juma va shanba kuni Gretsiya poytaxtida metro, trolleybus, avtobus va tramvaylar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmaydi, depoda chet shaharlarga boradigan elektrichkalar va uzoq masofali yo‘nalishdagi poyezdlar qoladi.
Jurnalistlar Gretsiya federatsiyasi ijro kengashi qaroriga ko‘ra, ish tashlashda barcha davlat va xususiy OAV – gazetalar, telekanallar, radiolar ham qatnashadi. 6 may soat 06:00dan yakshanba soat 06:00gacha (O‘zbekiston vaqtidan 2 soat ortda) yangiliklar dasturi telekanallar va radiostansiyalar efiriga chiqmaydi.
Bundan tashqari, dengizchilar Gretsiya federatsiyasi 4 kunlik ish tashlash e'lon qildi.
“Hukumat dam olish kunlarida shoshilinch tarzda sug‘urta tizimga yakuniy zarbani berib, yangi soliqlarni joriy qiluvchi qonunlarga ovoz berib grek jamiyatini aldashga urinmoqda”, - deyiladi Mehnat bosh konfederatsiyasi xabarida.
Mehnat bosh konfederatsiyasi greklarni 8 may kuni Afinada parlament yaqinida Sintagma markaziy maydonida bo‘lib o‘tadigan ish tashlash va norozilik namoyishiga chorlamoqda. Mitinglar poytaxt va Gretsiyaning qolgan yirik shaharlari boshqa maydonlarida ham bo‘lib o‘tadi.