Jahon | 19:17 / 06.05.2016
18331
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya FXX: Markaziy osiyoliklar Krasnoyarskda teraktlar sodir etmoqchi bo‘lgan

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Krasnoyarsk jamoat transportida xalqaro terrorchilik bilan bog‘langan Markaziy osiyoliklar tayyorlagan teraktni bartaraf etdi, deb xabar berdi 6 mayda maxsus xizmat.

"6 mayda Federal xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Krasnoyarskda may bayramlari vaqtida jamoat transportida terakt sodir etilishi bartaraf etildi. Xalqaro terrorchilik tashkilotlari bilan bog‘langan Markaziy osiyolik fuqarolar qo‘lga olindi", deyilmoqda xabarda. 

Maxsus xizmat qo‘lga olinganlardan "terrorchilik faoliyatida qo‘llanadigan vositalar"ni (qanday vositalar ekanligi aniqlashtirilmoqda) musodara qilgan. Tergov manfaati nuqtai nazaridan qo‘lga olinganlarning shaxsi va boshqa ma'lumotlar hozircha oshkor qilinmayapti.  

Avvalroq Moskvada may bayramlarida teraktlar sodir etmoqchi bo‘lgan guruh qo‘lga olingandi. Huquq-tartibot muassasalari ma'lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlarning barchasi Markaziy osiyoliklar bo‘lgan. Ulardan 4 nafari qurol-aslahani noqonuniy aylantirish aybi bilan hibsga olingan. Ushbu holat yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Mavzuga oid