Rossiya poytaxti Moskva şahrining Basmanniy sudi dastlabki tergov organlarining «Krokus Siti Xoll»da terrorçilik harakatini sodir etganlikda ayblanayotgan şaxslarni hibsda saqlaş muddatini uzaytiriş haqidagi iltimosini qanoatlantirdi.
«Dalerjon Mirzoyev, Saidakram Rajabalizoda, Şamsidin Fariduni va Muhammadsobir Fayzovga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ilgari tanlangan ehtiyot çorasi 2025 yil 22 fevralgaça uzaytirilsin», deyiladi sud qarorida.
Mahkama yopiq eşiklar ortida ötdi.
Avvalroq, bu ayblanuvçilarning hibsda qoliş muddati 22 noyabrgaça uzaytirilgan edi.
Moskva yaqinidagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalidagi terakt 22 mart kuni sodir böldi, hujumçilar binodagi odamlarga qarata avtomatlardan öq uzdi va zalga öt qöydi. Oqibatda 145 kişi halok böldi. Terakt sodir etganlikda gumonlanayotgan tört nafar yigit 23 mart kuni Bryansk viloyatida qölga olindi. Ular Tojikiston fuqarolari ekani ta’kidlanmoqda.












