«Krokus Siti Xoll»da 145 kişining hayotiga zomin bölgan terakt böyiça jinoiy işda tört yangi ayblanuvçi paydo böldi. Ularning barçasi Inguşetiya fuqarolari, ulardan ikki nafari hibsga olingan, yana ikki nafari qidiruvga berilgan. Bu haqda 1 noyabr, juma kuni «Kommersant» gazetasi xabar qildi.

Unga köra, gap Surxaxida tuğilganlar — Husayn Medov, Jabrail Auşev va Xavaj-Bagaudin Aliyev, şuningdek, ekajyevolik Batir Kulayev haqida ketmoqda.

Ular «bir guruh bölib oldindan til biriktirib, qurol-yaroğ va öq-dorilarning noqonuniy muomalasi» va «guruh tomonidan sodir etilgan portlovçi qurilmalar va portlovçi moddalarning noqonuniy savdosi» moddalari böyiça ayblanmoqda.

Tergov ma’lumotlariga köra, Medov törtta foydalanişdan çiqqan Kalaşnikov avtomatini jangovar avtomatlarga aylantirgan, Kulayev ular uçun magazin va patronlarni topgan, Auşev va Aliyev Inguşetiyaning Ekajyevo va Surxaxi qişloqlari yaqinida omborlarga qurol va öq-dorilarni yetkazib bergan, şundan söng jihozlar Moskvaga olib ketilgan. 

Rossiyani bir yil içida 2 mlndan ortiq migrant tark etdi

Rasmiy idoralarning xabarlariga köra, ötgan yil davomida 2 milliondan ortiq çet el fuqarolari Rossiyani tark etgan. 18 sentabr kuni Rossiya Federatsiyasi Içki işlar vazirligining Migratsiya masalalari böyiça boş boşqarmasi ma’lum qilişiça, ayni paytda mamlakatda 6,17 million xorijiy fuqaro röyxatga olingan.

«Joriy yilning 1 sentabr holatiga köra, migratsiya röyxatidan ötiş davlat axborot tizimida ma’lumotlari mavjud, Rossiyada bölgan çet el fuqarolari soni 6 million 174 ming 777 nafarni taşkil qildi», — deyiladi vazirlik xabarida.

Şu bilan birga, butun 2023 yil davomida Rossiya Federatsiyasida 8,5 milliondan ortiq kişi migratsiya uçun röyxatdan ötgan, dedi iyun oyi oxirida Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari böyiça vakili Tatyana Moskalkova. «Asosan, MDHga a’zo davlatlarning fuqarolari mamlakatimizda işlayapti. 2023 yilda hududimizga 9 million 973 ming 338 kişi kirib kelgan. Ulardan 8 million 507 ming 906 nafari migratsiya uçun röyxatga olingan», — dedi Moskalkova.