Iqtisodiyot | 10:50 / 06.05.2016
4653
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Xitoyga asal yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Rossiyaning GFM kompaniyasi Xitoyning Hylink kompaniyasi bilan asal yetkazib berish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Kelishuvga ko‘ra, har yili Xitoyga 100 tonna asal yetkazib beriladi. Bu haqda TASS xabar berdi. 

“Bu mahsulot Oltoyda ishlab chiqariladi, u juda yuqori sifatga ega”, - ma'lum qildi GFM bosh direktori Yelena Litvinova. 

O‘z o‘rnida Hylink ijrochi direktori Sun Igan kompaniya ushbu kelishuvga 10 yilcha tayyorgarlik ko‘rganini bildirdi.

“Bizga bu asal juda yoqadi. Lekin o‘ylagan rejamizni faqatgina rubl narxi pastlagandan keyingina amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldik. Asal haqiqatdan ham yuqori sifatli. Biz uni internet-foydalanuvchilarga sotamiz”, - dedi u.