Jahon | 15:43 / 06.05.2016
3475
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda Prezident kuni tantana qilinadi

2016 yil 5 may kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida mamlakat parlamenti yuqori palatasi Milliy majlisi 6-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. "Xovar" agentligi xabar qilishicha, unda 30ga yaqin muhim masala muhokama etilgan. 

Majlisi Milliy a'zolari Tojikiston Respublikasining «"Bayram kunlari to‘g‘risida"gi qonunga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni ko‘rib chiqib, ma'qullashgan. Unga ko‘ra, endilikda har yilning 16 noyabrida dam olish kunisiz Tojikiston Respublikasi Prezidenti kuni nishonlanadi. 

Majlisi Milliy a'zolari, shuningdek, Majlisi namoyandagon (quyi palata) tomonidan qabul qilingan va parlament yuqori palatasiga taqdim etilgan boshqa qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini qabul qilishgan. 

Bundan tashqari, Prezident tavsiyasiga ko‘ra, Respublika Oliy sudining bir necha sud'yalari tayinlangan, ayrimlari vazifasidan ozod etilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish