Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq Kurdistoni mustaqil bo‘lish uchun referendum o‘tkazadi
Iroq Kurdistoni mustaqil bo‘lish uchun referendum o‘tkazmoqchi. Bu haqda Iroq Kurdistoni milliy xavfsizlik kengashi rahbari Masrur Barzoniy The Washington Post gazetasida chop etilgan maqolasida ma'lum qildi.
Barzoniyning aytishicha, Iroq Kurdistoni "muvaffaqiyatsizlikka uchragan tajriba" hisoblanadi.
U Iroqni tarkib topmagan davlat deb hisoblashini, kurdlarning harakatlari esa doimiy ixtilofga olib kelishini aytdi. Bundan tashqari, Barzoniy Iroq hukumatini o‘z fuqarolarini himoyalay olmaslikda aybladi.
Iroq Kurdistoni Iroq tarkibida kurd davlat tuzilmasi bo‘lib, Iroqning yangi konstitutsiyasiga ko‘ra, keng avtonomiya maqomiga ega.