Sport | 17:07 / 07.05.2016
3845
1 daqiqa o‘qiladi

Makgregor va Diaz UFC 202 doirasida jang o‘tkazadi

UFC bo‘yicha irlandiyalik jangchi Konor Makgregor Neyt Diaz bilan UFC 202 doirasida revansh jangini o‘tkazadi.

«Konor Makgregor va Neyt Diaz o‘rtasidagi jang 99 foiz holatda 20 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Men turnir o‘tadigan joyni bilmayman, ammo okeanga yaqin hududda o‘tishiga umid qilaman», — dedi o‘z tvitterida insayder Jyeremi Botter.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish