Sport | 09:41 / 07.05.2016
3575
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya chempionati, 27-tur: "Rostov" "Lokomotiv"ni yutib, peshqadamga aylandi

Rossiya chempionatining 27-turida "Rostov" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Mezbon jamoa futbolchilari Sardor Azmun va Kristian Noboa gollariga Petar Shkuletich bitta javob to‘pi qaytardi.

Qurbon Berdiyev jamoasi shu g‘alabasi evaziga 54 ochko bilan musobaqa jadvalining 1-o‘riniga ko‘tarilib oldi. 53 ochko bilan 2-o‘rinda borayotgan "TsSKA" bitta o‘yin kam o‘tkazgan.

Rossiya Premer-Ligasi, 27-tur
"Rostov" — "Lokomotiv" — 2:1
Gollar: Azmun, 8 (1:0); Noboa, 45+1 (2:0); Shkuletich, 52 (2:1).

Vitaliy Denisov «Lokomotiv» safida 100-o‘yinida maydonga tushdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish