Jahon | 21:49 / 07.05.2016
7835
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni qiroli bir qator vazirliklarni qayta shakllantirdi

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz al-Saud hukumatda bir qator o‘zgartirishlar amalga oshirdi va bir qator vazirliklarni qayta shakllantirdi. Bu haqda "Al-Arabiya" telekanali ma'lum qildi.   

Jumladan, neft va ma'danli zaxiralar vaziri Ali ibn Ibrohim an-Nuyamiy o‘z lavozimidan ozod etildi. Vazirlik qayta shakllantirilib, energetika, sanoat va ma'danli zaxiralar vazirligiga aylantirildi va unga Aramco davlat neft kompaniyasining raisi Xolid al-Falah rahbar etib tayinlandi. Al-Falah mos ravishda avval egallab turgan sog‘liqni saqlash vaziri lavozimini tark etadi.

Bundan tashqari, transport, ijtimoiy ishlar, suv xo‘jaligi va elektr energetika vazirliklarida ham o‘zgarishlar bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish