Jahon | 10:16 / 07.05.2016
9987
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp prezidentlik saylovlaridan so‘ng sudning qora kursisidan joy oladi

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp prezidentlik saylovlari tugagach, Trump University oliy o‘quv yurtining tugatilishi munosabati bilan sud oldida javob beradi. Chunki unga nisbatan universitet talabalari ayblov kiritgan. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, biznesmenga qarashli bo‘lgan Trump University talabalarni o‘qish qiymati masalasi bo‘yicha aldagan. Ya'ni, talabalar ko‘chmas mulk bo‘yicha seminarlarga 35 ming dollardan pul to‘lab qatnashishgan. Ma'lum bo‘lishicha bularning bari reklama uchun maxsus uyushtirilgan.

San-Diyegoning federal sudyasi 2016 yilning 28 noyabrini eshitish kuni deb belgilagan. Agar Tramp AQSh prezidenti bo‘lsa, ishini sud qarshisida javob berishdan boshlaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish