Jahon | 12:50 / 08.05.2016
3262
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada parlament tarqatib yuboriladi

Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull 8 may kuni mamlakat qonun ishlab chiquvchi organi bo‘lmish parlamentning har ikki palatasi ham tarqatib yuborilishini tasdiqladi. Yangi parlamentga saylovlar 2 iyulda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

"General-gubernator parlamentning har ikki palatasi tarqatib yuborilishi va yangi parlamentga saylovlar 2 iyulda o‘tkazilishi haqidagi taklifimni qabul qildi ", — degan bosh vazir.

Avvalroq u mamlakat parlamenti palatalarini tarqatib yuborishga hozirlik ko‘rishni aytgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish