O‘zbekiston | 19:54 / 10.05.2016
4160
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston-Qirg‘iziston maslahatlashuvlari o‘tkaziladigan kun belgilab olindi

2016 yilning 11–12 may kunlari Bishkek shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari delegatsiyalari siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Biroz oldinroq O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Qirg‘iziston elchisi Emilbek Uzakbayevni qabul qilgani haqida ma'lumot berilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish