Jahon | 11:30 / 11.05.2016
7118
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada kuchli zilzilalar mintaqasida 35 mingta uy jiddiy talofat ko‘rdi

14 apreldan buyon tinimsiz yer silkinishlari kuzatilayotgan Kyusyu oroli janubi-g‘arbidagi Kumamoto prefekturasida deyarli 35 mingta bino to‘liq yoki qisman vayron bo‘ldi. Bu haqida mahalliy ma'muriyat ma'lum qildi. 

Hukumat vakillarining xabar qilishicha, yana 39 mingta binoning holati xavotir uyg‘otmoqda, chunki ular zilzila natijasida ziyon ko‘rgan bo‘lishi muqarrar. 

Kumamoto prefekturasida 14 apreldan beri inson sezishi mumkin bo‘lgan 1200dan ortiq yer silkinishlari qayd etilgan. Ulardan ikkitasi kuchi 7 balldan ortiqni tashkil etib, jiddiy vayronagarchiliklarga sabab bo‘ldi. Bino va uylarning qulashi natijasida 49 kishi halok bo‘lgan, prefekturada yashovchi 340dan ortiq kishi og‘ir jarohatlar olishgan, yana 19 kishi evakuatsiya punktlarida stress va turli kasalliklardan vafot etgan.

Mahalliy hukumat bergan ma'lumotlarga qaraganda, hozirda Kumamotoda 250dan ortiq qochoqlarni qabul qilish obektlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Prefekturada 12 ming kishi hanuz o‘z uylariga qayta olishmayapti.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish