Jahon | 15:16 / 11.05.2016
2843
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada xorijlik sayohlar bo‘lgan kema cho‘kib ketdi

11 may kuni Avstraliya qirg‘og‘i yaqinida sayohlarga to‘la kemada yong‘in chiqdi va buning oqibatida u cho‘kib ketdi. Falokat yuz bergan vaqtda kema bortida 42 nafar yo‘lovchi bor bo‘lib, ularning bari evakuatsiya qilingan. Bu haqda news.com.au xabar bermoqda.

Yong‘in mashina bo‘linmasida kelib chiqqan. 

The Guardian ma'lumotlariga ko‘ra, bu vaqtda 23 metrli katamaran Ledi Musgreyv orolidan 10 dengiz mili (taxminan 18 km) masofada uzoq bo‘lgan.

Aniqlanishicha, odamlar bortni tark etishda maxsus sollardan foydalanishgan. 9news.com.au xabariga ko‘ra, falokatda hech kim zararlanmagan.

Voqea joyiga ikki tibbiy xodimdan iborat kater hamda vertolyot jo‘natilgan. Qirg‘oqda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish shoxobachasi tashkillashtirishgan.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish