Jahon | 17:05 / 11.05.2016
3899
1 daqiqa o‘qiladi

Lavrov "normand to‘rtligi" uchrashuvidan oldin Shtaynmayyer bilan uchrashdi

RF TIV rahbari Sergey Lavrov Ukraina ishi bo‘yicha vazirlikning "normand to‘rtligi" uchrashuvidan avval germaniyalik hamkasbi Frank-Valter Shtaynmayyer bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv shahardan tashqaridagi "Borzig" villasida bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar Ukraina muammosini, xususan, Minsk muzokaralari, o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya qilish, mahalliy saylovlarning o‘tkazilishi, amnistiya, konstitutsion islohotlar, asirlarni almashish masalalarini muhokama qilindi.

"Normand to‘rtligi" tarkibiga Rossiya, Germaniya, Fransiya va Ukraina kiradi. 

Germaniya TIV rahbari Frank-Valter Shtaynmayyer "normand formati"dagi muzokaralar natijasida Donbassda mahalliy saylov o‘tkazish muddatiga aniqlik kiritilishiga umid qilmoqda. 

Shuningdek, u Ukrainadagi siyosiy jarayon va Donbassdagi vaziyatning yaxshilanishiga umid bildirdi.