Jahon | 15:43 / 11.05.2016
3510
1 daqiqa o‘qiladi

Parij aeroportida Air France aviakompaniyasining ikki samolyoti to‘qnashib ketdi

Fransiyaning Air France aviakompaniyasining ikki samolyoti Parijdagi Ruassi - Sharl de Goll aeroportida to‘qnashib ketdi. Bu haqda Airlive.net internet portali yozmoqda.

Senegalning Dakar shahridan uchib kelgan Boeing 777-300ER Tunisga qarab uchishga tayyorlanayotgan A320 bilan to‘qnashib ketdi. Internet portali tomonidan e'lon qilingan suratlar Airbus havo kemasining dum qismi zarar ko‘rganligidan guvohlik berib turibdi.

Voqea yuzasidan jabrlanganlar haqida ma'lumotlar berilmagan.