Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:29 / 11.05.2016
2696
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiyalik figurachi Yelena Berejnaya Duma deputati bo‘ladi
11 may kuni Rossiya Federatsiyasi markaziy saylov komissiyasi majlisi qaroriga ko‘ra, figurali uchish bo‘yicha Olimpiada chempioni Yelena Berejnaya ro‘yxatga olingach, amaldagi deputat sifatida faoliyat boshlaydi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Berejnaya “Yedinaya Rossiya” partiyasidan nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan edi. U muddatidan avval o‘z vazifalaridan ozod etilgan Yuriy Em o‘rniga mandat qabul qildi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish