Sodiq Xon: "Islom G‘arb liberalizmi bilan mutanosib"
Londonning yangi meri Sodiq Xonning fikricha, Islom dini G‘arbning liberal qadriyatlariga mos keladi. Xon Britaniya poytaxti merligi uchun 5 mayda o‘tkazilgan saylovda, ovoz berish jarayonlari tarixidagi eng ko‘p ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lib, shaharning ilk musulmon meri etib tayinlandi.
"O‘tgan payshanba kuni bo‘lib o‘tgan saylovlar Islom va G‘arb qadriyatlari o‘zaro mutanosib ekanini ko‘rsatdi. Mening o‘zim, ham g‘arblikman ham musulmon, bizlar barchamiz serqirra shaxslarmiz. Men londonlikman, men britaniyalikman, yevropalikman, otaman, turmush o‘rtoq va muslimman. Kelib chiqishim osiyolik, ya'ni Pokistondanman. Sport muxlisi ham. Bularning hech biri meni aniq ta'riflay olmaydi", — degan Sodiq Xon mahalliy va xorijiy jurnalistlar bilan o‘tkazgan muloqotida.
Uning ta'kidlashicha, musulmonligi sababli Islom va G‘arbning liberal qadriyatlari mosligini eslatishni o‘z burchi, deb biladi. Ammo u buning uchun shahar merligiga kurashmagan.
"Men musulmonlar yetakchisi emasman, musulmonlarning rasmiy vakili ham emas. Men barcha londonliklarning meriman", — deb qayd etgan Xon.
"Men shundan xursandmanki, meni shahrim tarqoqlikdan ko‘ra birlikni tanladi. Bizning saylovoldi kampaniyamizda turli londonliklar ishtirok etdi: yahudiylar, nasroniylar, musulmonlar, hindular, sikhlar va buddalar, shuningdek, biror dinga e'tiqod qilmaydiganlar, oqtanli-qoratanlilar, yosh-u qarilar qatnashdi. Bu ajoyib kompaniya edi. Va bu shaharni biz London deb ataymiz", - deb e'tirof etgan Sodiq Xon.