Jamiyat | 23:00 / 12.05.2016
13280
1 daqiqa o‘qiladi

Apple’ning xitoylik kollektorlari ayanchli ahvolda hayot kechirishi ma'lum bo‘ldi

Shanxayda joylashgan yotoqxonada Apple kollektorlari hisoblanmish Foxconn va Pegatron kompaniyalarining xodimlari istiqomat qilishadi. Daily Mail nashri yotoqxonaning og‘ir ahvoldagi ko‘rinishi aks etgan suratlarni chop etdi.

Ishchilar ayanchli sharoitlarda yashashi yuzasidan kompaniyaga nisbatan yo‘llangan ko‘plab ayblovlardan so‘ng, jurnalistlar turar-joyni ko‘zdan kechirishdi.

Ma'lum bo‘lishicha, kollektorlar sakkiz kishilik xonalarda elektr quvvati va suvsiz yashar ekan. Bundan tashqari, barcha yerdan mog‘or va namlik isi kelib turibdi. 
Daily Mail jurnalistining qayd etishicha, shafqatsiz ko‘rinishdagi bu ahvol ko‘proq turmani yodga soladi. Boz ustiga, mazkur yotoqxona uchun xodimlar haq to‘lashadi.

Mavzuga oid