1 sentabrdan Apple’ning yangi boş direktori Jon Ternus böladi. 2011 yilda Stiv Jobs iste’fosidan söng kompaniyaga rahbarlik qilgan Tim Kuk esa Apple direktorlar kengaşi raisi lavozimini egallaydi. Bu haqda mazkur Amerika texnologik korporatsiyasining 21 aprel, seşanbaga ötar keçasi e’lon qilingan press-relizida aytilgan.

Xabarda ta’kidlanişiça, 50 yoşli Jon Ternus 2001 yildan buyon Apple kompaniyasida işlab keladi va hozirda kompaniyaning apparat ta’minotini işlab çiqiş böyiça vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Reuters agentligi yozişiça, u, xususan, sönggi yillarda bozordagi uluşini oşirgan Mac kompyuterlari savdosini qayta tiklaşda muhim rol öynagan. Bloomberg avvalroq aynan Ternus Tim Kukning ehtimoliy vorisi sifatida körilayotganini xabar qilgan edi.

65 yoşli Tim Kuk sönggi 15 yil davomida Apple’ga rahbarlik qildi va Apple Watch, AirPod hamda Apple Vision Pro kabi mahsulotlar, şuningdek iCloud, Apple Pay, Apple TV va Apple Music kabi servislarni yölga qöydi. Bloomberg ta’kidlaşiça, şu davr içida kompaniya aksiyalari 20 barobar qimmatlaşgan.

Apple bayonotidan yana ma’lum bölişiça, Kuk kompaniyaning davlat bilan aloqalarini ham muvofiqlaştirişda davom etadi. Xususan, u allaqaçon Apple’ning AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan özaro munosabatlari uçun mas’ul hisoblanadi.