Ispaniyalik soliqchilar Mourinoga 2 mln yevro jarima qo‘llashdi
Portugaliyalik futbol murabbiyi Joze Mourinoga Ispaniya soliq idoralari tomonidan 2 mln yevro miqdorida jarima qo‘llandi. Bu haqda A Bola xabar tarqatgan.
Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, mutaxassis mamlakat qonunchiligini Madridning «Real» jamoasida ishlagan vaqtida buzgan. Tafsilotlar haqida xabar berilmagan. Avvaliga 1 million yevro miqdorida jarima qo‘llanishi haqida aytilayotgandi, ammo keyinroq bu miqdor 2 baravar oshgan. Mourino sud qarori ustidan shikoyat qilib, apellyatsiya bilan murojaat qilmoqchi emas va belgilangan jarimani to‘la hajmda to‘lashga tayyorligini bildirgan.
10 may kuni 53 yoshli Mourinoning Indoneziya terma jamoasini boshqarish uchun taklif etilgani haqida xabar berilgandi.
Problemy s ispanskoy nalogovoy slujboy byli takjye u futbolistov
Ispaniya soliq idoralari bilan muammolarga bundan avval «Barselona» futbolchilari Jyerar Pike va Lionel Messi ham duch kelishgandi. Pike yil boshida 9 ming yevro jarima to‘lash bilan qutilgan. Argentinalik futbolchi bilan bog‘liq jarayoni davom etmoqda.
Mourino «Real» bosh murabbiyi sifatida 2010 yildan 2013 yilgacha ishlagan. U jamoa bilan Ispaniya chempioni, mamlakat Kuboki va Superkubok sohibi bo‘lishga erishgan.