Jamiyat | 19:15 / 12.05.2016
6225
1 daqiqa o‘qiladi

Masjidul Haramning g‘arbiy qismiga dunyodagi eng katta soyabonlar o‘rnatiladi

Makkai mukarramadagi Masjidul Haramning g‘arbiy qismiga dunyodagi eng katta soyabonlar o‘rnatiladi

Mazkur qurilma soya vazifasini bajaradigan 8 ta yirik va 54 ta o‘rtacha soyabondan iborat. Germaniyada ishlab chiqarilgan gigant soyabonlarning balandligi 45 metr bo‘lib, har birining og‘irligi 16 tonnadir. 8 tasi barobar ochilganda 2400 kvadrat metrni soya qilib beradi. 

Texnik xavfsizlik va elektron tizimi jarayonini 25 nafar nemis muhandisi nazorat qilib turadi. Bundan tashqari, Haramning shimoliy tarafga umumiy maydoni 19 200 kvadrat metrni egallovchi 54 ta kichkina soyabon ham o‘rnatiladi. 

Loyiha bo‘yicha qo‘shimcha 122 ta o‘rindiq, soatlar, sovutgichlar, ishora qiluvchi belgilar hamda kuzatuvchi videokameralar ishga tushiriladi. Loyiha nihoyasiga yetgach, soyabon ostida 400 000 nafar ziyoratchi emin-erkin ibodat qila oladi.

Manba: Muslim.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish