Sport | 12:12 / 12.05.2016
6522
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainalik futbolchi o‘yindan keyin hakamni do‘pposladi

Ukraina kubogining 1/2 final javob uchrashuvi doirasidagi «Zarya» – «Dnepr» (2:0, dastlabki uchrashuv – 1:1) o‘yini mojaro bilan tugadi.

Final hushtagi chalingach, diskvalifikatsiya tufayli uchrashuvni o‘tkazib yuborgan Ukraina terma jamoasi va «Dnepr» hujumchisi Roman Zozulya maydonga tushib kelgan va qanot hakamiga tashlangan.

Zozulya laynsmenga musht tushirgan. Shundan keyin ikkala jamoa a'zolari o‘rtasidagi mojaro kelib chiqqan va «Dnepr» himoyachisi Anderson Piko «Zarya» yarimhimoyachisi Aleksandr Karavayevga ham hujum qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish