Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 14:38 / 13.05.2016
3512
1 daqiqa o‘qiladi
«Borussiya» Dortmund 19 yoshli Usmon Dembele bilan shartnoma imzoladi
Dortmundning «Borussiya» klubi Fransiyaning «Renn» jamoasi hujumchisi Usmon Dembele bilan shartnoma imzolangani haqida rasmiy xabar tarqatdi.
Hozircha «Renn» a'zosi bo‘lib turgan futbolchi 2021 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Futbolchiga juda ko‘plab jamoalar qiziqish bildirgandi. Biroq futbolchi aynan dortmundliklar safiga borib qo‘shilishni istadi.
Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, futbolchi uchun dortmundliklar 15 mln yevro va turli bonuslar orqali to‘lov amalga oshiradi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish