Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 17:00 / 13.05.2016
3779
1 daqiqa o‘qiladi
Indoneziyada kamyob sumatra karkidoni tug‘ildi
Indoneziyaning Sumatra orolida o‘ta kamyob sumatra karkidoni dunyoga keldi. Bu haqda Discovery portaliga tayanib TASS xabar qildi.
Indoneziya hukumat vakillarining aytishicha, karkidoncha sumatra ona karkidonining ikkinchi farzandi. Ikki yil avval u birinchi bolasini dunyoga keltirgan.
Sumatra karkidonlari – karkidonlar oilasining eng mayda vakillari bo‘lib, ularning vazni atigi 800-2000 kilogrammni tashkil etadi.
Hozirda ushbu tur yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan. Sumatra karkidonlari 275 dona qolgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish