Jahon | 14:36 / 13.05.2016
2517
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyada samolyot halokatga uchradi

Cessna 208 samolyoti 12 may kuni Kaliforniya shtatida avariyaviy qo‘nishni amalga oshirgan. Samolyot Fresno shahri yaqinidagi uzumzorga oyog‘i osmondan bo‘lib qo‘ngan. Bu haqda TASS xabar qildi. 

AQSh Federal aviatsion boshqarma ma'lumotiga ko‘ra, uchuvchi hamda 17 nafar parashyutchi mo‘'jiza tufayli omon qolgan. 

“Parashyut sporti markazi aerodromidan uchib chiqqandan ozgina vaqt o‘tib bir motorli Cessna 208 samolyotida tuzatib bo‘lmas nosozlik yuzaga kelgan”, - aniqlik kiritdi boshqarma rasmiy vakili Yan Gregor. 

Uning aytishicha, uchuvchi havoda samolyotni burib ortiga qaytmoqchi bo‘lgan, biroq aerodromdan 1,6 kilometr uzoqlikda majburiy noodatiy qo‘nishni amalga oshirishga majbur bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish