Jahon | 15:45 / 13.05.2016
3812
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Belgiya IShIDning Suriyadagi manzillariga zarba beradi

Belgiya hukumati IShIDning Suriyadagi manzillariga havo zarbalari berish kampaniyasiga qo‘shilishga qaror qildi, deb yozmoqda Le Soir gazetasi. 

Xabar qilinishicha, mamlakat harbiy havo kuchlarining oltita F-16 samolyoti shu yilning 1 iyulidan boshlab jangarilar egallab olgan hududlarga zarba beradi. 

Nashrning yozishicha, hozirgacha Belgiya harbiylari Amerika koalitsiyasi tarkibida Iroqdagi jangarilarga qarshi harbiy amaliyotlarda ishtirok etmoqda. Bir necha oy muqaddam, AQSh qo‘mondonligi Belgiyaga murojaat qilib, Suriyadagi amaliyotlarga ham qo‘shilishni so‘ragan edi. 

So‘nggi kunlarda, AQSh yetakchiligidagi koalitsiya IShIDning Iroq va Suriyadagi nishonlariga 18ta havo zarbasi bergan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish