Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning sobiq xizmatkori Obamaga ijtimoiy tarmoqda tahdid qildi
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampning sobiq xizmatkori Entoni Senekal o‘zining fesybukdagi sahifasida AQSh prezidenti Barak Obamaga tahdid qildi, deb xabar bermoqda CBS News.
Mother Jones ma'lumotlariga ko‘ra, Senekal Obama nomiga aytilgan haqoratlar va tahdidlar bo‘lgan izohlarni ijtimoiy tarmoqda faqat do‘stlarigina kira oladigan qilib qoldirgan. Biroq Mother Jones Senekal izohlarining original skrinshotini keltirgan.
Ta'kidlanishicha, Tramp qo‘lida 17 yil ishlagan Senekal avval ham Obama va uning oilasi nomiga ko‘plab ig‘voli izohlar yozgan. Misol uchun, u 2015 yilda harbiylarni AQSh prezidentini davlatga xiyonati uchun osishga chaqirgan. Yana boshqa bir xabarda u Obamani musulmon deb atab, buning uchun haqoratomuz atama ishlatgan.
Bu orada Tramp saylovoldi shtabi vakillari Senekalning izohlarini qoralashdi.