Argentinaning sobiq prezidentiga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Argentinaning sobiq prezidenti Kristina Fernandes de Kirshnerga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deb yozmoqda La Jornada gazetasi.
Sudya Klaudio Bonadio sobiq prezident Kirshner, sobiq iqtisodiyot vaziri Aleks Kisillof va Markaziy bankning sobiq rahbari Alexandro Vanoliga ayblov e'lon qildi. Ulardan har birining 1 mln dollarlik mulkiga taqiqlov qo‘yildi.
Ayblov ma'lumotlariga ko‘ra, Markaziy bank dollarni fyuchers savdolarida pasaytirilgan narxda sotgan. Bu turli kompaniya va baknlarga AQSh dollarini 10 pesodan sotib olishga imkon bergan. Bu orada mamlakatning yangi prezidenti Maurisio Makri milliy valyutani keskin devalvatsiya qilishga qaror qildi va endi bir dollar 14,4 pesoni tashkil qilmoqda. Kurslardagi farq davlatga yetkazilgan ziyonga mosdir.
Markaziy bank avtonom tashkilot bo‘lsa-da, sudyaning fikricha, bu operatsiyalarni sobiq prezident va sobiq iqtisodiyot vazirining ko‘magisiz amalga oshirib bo‘lmasdi.
Fernandes de Kirshner mamlakat prezidenti lavozimida 2 muddat o‘tirgan.