Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyadagi maktabda topilgan bomba tufayli yuzlab odam evakuatsiya qilindi
Britaniyaning Bat shahrida Ikkinchi jahon urushi zamonidagi 500 kg lik bombaning topilishi sababli yuzlab odamlar o‘z uylaridan evakuatsiya qilindilar. Bombani sobiq maktabning bolalar maydonchasida qurilish ishlari olib borayotgan quruvchilar aniqladilar. 300 kvadrat metrlik maydon zudlik bilan to‘sib qo‘yildi. Yo‘llar berkitildi, qo‘shni uylar aholisi evakuatsiya qilindi, voqea joyiga sapyorlar va qutqaruvchilar chaqirtirildi. Shaharning ko‘plab aholisi tunni mahalliy ippodromda o‘tkazishlariga to‘g‘ri keldi.
NYT nashri politsiya katta inspektori Kevina Tetcherga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, hukumat odamlarni ehtiyot chorasi sifatida evakuatsiya qilgan. Bombani portlatish va bo‘laklar uchishidan qochish uchun u qum gumbazi bilan izolyatsiya qilindi.
Ikkinchi jahon urushi vaqtida shahar nemis harbiylari tomonidan ko‘plab bombardimonlarga uchragan. Hozirgi kungacha shaharning turli qismlarida quruvchilar va yo‘l ishchilari ko‘plab portlamagan snaryadlarni aniqlaydilar.
2013 yilda Dortmundda 20 ming kishi xuddi yuqoridagidek sababga ko‘ra evakuatsiya qilingandi. Topilgan bomba shunchalik kuchli bo‘lganki, butun bir dahani yo‘q qilib yuborishi mumkin bo‘lgan. 2015 yil avgustda Londonda 150 kishi shaharning g‘arbiy qismida topilgan bomba tufayli evakuatsiya qilingandi.