Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:14 / 14.05.2016
3697
1 daqiqa o‘qiladi
Daniya Afg‘onistonga qo‘shimcha 100 nafar harbiy jo‘natadi
Daniya hukumati Afg‘onistonga qo‘shimcha 100 nafar harbiy jo‘natadi, deb aytilmoqda Vashingtonda AQSh, Finlyandiya, Norvegiya, Islandiya, Shvetsiya va Daniya yetakchilari ishtirokida o‘tgan uchrashuv natijalariga ko‘ra berilgan rasmiy bayonotda.
"Daniya Afg‘onistondagi harbiy operatsiyaga qo‘shadigan ulushini oshiradi va u yerga 100 nafar harbiy jo‘natadi", deyilmoqda xabarda.
Ta'kidlanishicha, Daniya rahbariyati Afg‘oniston harbiylariga 2020 yilgacha har yili 15 mln dollar miqdorida moliyaviy ko‘mak ko‘rsatadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish