Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyadagi muzeydan Birinchi jahon urushi zamonidagi zambarak o‘g‘rilab ketildi
AQSh politsiyasi Kaliforniyadagi Richmond shahrida joylashgan urush faxriylari xotirasi muzeyidan Birinchi jahon urushi zamonidagi zambarakni o‘g‘rilab ketgan jinoyatchilarni qidirmoqda. Tegishli xabar 12 may kuni mahalliy politsiya departamentining Facebook’dagi sahifasida ma'lum qilindi.
Huquq-tartibot muassasalari ma'lumotlariga ko‘ra, o‘g‘rilik 1 mayda sodir etilgan. O‘g‘rilar zambarakni kulrang yuk mashinasiga ortishgan. Politsiyada ta'kidlanishicha, bir tonnalik va uzunligi 150 sm lik zambarak muzey hududida 1947 yildan beri saqlanib kelingan.
"Bu mamlakatimiz tarixining bir qismini o‘g‘rilashdir, bu mamlakatimiz va ozodligimiz uchun jasurona kurashgan faxriylarimizni tunashdir", deb aytildi politsiyada.
Richmond politsiyasi vakili Feliks Tenning aytishicha, o‘g‘rilik bir daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqt olgan va guvohlarsiz amalga oshirilgan. Huquq-tartibot muassasalari jinoyatchilar zambarakni eritishga jo‘natib, so‘ngra uni temir-tersakka topshirib yuboradi, deb taxmin qilmoqda.
Birinchi jahon urushi 1914-1918 yillar davomida bo‘lib o‘tgan. Rossiya Antana tarkibida (Fransiya va Buyuk Britaniya bilan birga) To‘rtlik ittifoqiga (Germaniya, Avstriya-Vengriya, Usmon Imperiyasi va Bolgariya) qarshi kurash olib borgan. Rossiya hokimiyat tepasiga kelgan bolsheviklar tashabbusi bilan urushdan chiqib ketgan hamda Germaniya bilan bir tomonlama tinchlik sulhini imzolagan va shu tariqa ittifoqdoshlari oldidagi majburiyatlaridan voz kechgan. Antanta sobiq sho‘ro tutgan yo‘lni qo‘llab-quvvatlamagan. 1917 yilda Antanta tomonida AQSh kurashgan.