Iqtisodiyot | 19:50 / 14.05.2016
4829
1 daqiqa o‘qiladi
Moody's Saudiya Arabistoni, Bahrayn va Ummon reytinglarini pasaytirdi
Moody's reyting agentligi neft narxining pastligi sababli Saudiya Arabistoni, Bahrayn va Ummon reytinglarini pasaytirishga qaror qildi.
Saudiya Arabistoni emitenti uzoq muddatli reytingini A1 darajaga (o‘rta darajadan yuqori), Bahraynnikini Va2 ga (xatarli), Ummonnikini Vaa1 ga (o‘rta darajadan past) pasaytirishga qaror qilindi.
Agentlik Kuvayt, Qatar, BAA va Abu-Dabining "salbiy" prognozini qayta qo‘rib chiqdi va ularning reytingini Aa2 darajada (yuqori darajada) saqlab qoldi.