"Porshe" avtomobili Tver masjidiga borib urildi
Voqea 14 mayga o‘tar kechasi tungi soat 01:30lar atrofida Tver shahrining Smolensk tor ko‘chasida sodir bo‘lgan. Qora rangli "Porshe" qayrilish chog‘ida qarshi yo‘lakka chiqib ketgan va masjidga borib urilgan, dab xabar qilmoqda "Podslushano u voditeley. Tver" ijtimoiy guruhi foydalanuvchilari.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, kuchli zarbadan avtomobilning old qismiga jiddiy talofat yetgan. Guvohlardan biri Viktoriyaning aytishicha, halokat joyida ikkita mashina bo‘lgan. Oldi vayron bo‘lgan birinchi mashina evakuatorda zudlik bilan olib ketilgan, "Porshe" esa uzoq vaqt voqea joyida qolgan.
Uning egalari (3 yigit) davlat raqamlarini yechib olishgach, hodisa joyini tark etishgan. Xorijiy mashinaning asosan chap tomoniga shikast yetgan, xavfsizlik yostiqchalari ishlagan. Masjid oynasi singan, devoriga "Porshe"ning moylari sachragan.
Umuman ushbu joyda qayrilishning keskin burchak ostida bo‘lgani sababdir, avtohalokatlar tez-tez sodir bo‘lib turadi. O‘tgan oyda ham, "Folksvagen Polo" mashinasi masjid devoriga kelib urilgan edi.