Toshkentdagi aniq vaqtni bilasizmi?
Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi Maslahat.uz guruhida o‘zbek blogerlaridan biri Maqsudxon Salomov "Toshkentda soat necha?" nomli postini joylashtirdi.
Toshkent kuranti Toshkent shahrining o‘ziga xos ramzi hisoblanadi. 1947 yil 30 aprelda qurib bitkazilib, foydalanishga topshirilgan ushbu inshoot ancha mustahkam bo‘lib, 1948 va 1966 yilgi zilzilalarga ham bardosh bergan.
- Biz o‘qiydigan universitet Amir Temur xiyoboni yonida joylashgani uchun Toshkent kurantini haftada deyarli har kuni ko‘raman. Uch kundan beri esa kurant minoralarining biridagi soat ikkinchisidagi soatdan 10 minut oldinga o‘tib ketganligini ko‘ryapman. Quyidagi suratlarda siz ham buni ko‘rishingiz mumkin, - deya ma'lum qildi Toshkent Davlat Yuridik Universiteti talabalaridan biri.
Toshkent kuranti. 2016 yil, 14 may, soat 10:00.
Yuqoridagi suratda kurantning o‘ng tarafdagi minora soati 10:00, chap tarafdagi minora soati 10:10 vaqtini ko‘rsatgan.
Chap tarafdagi minora
O‘ng tarafdagi minora
Kurant minoralaridagi soatlarning uch kundan beri to‘g‘rilab qo‘yilmaganiga qaraganda, ularning biri 10 daqiqa oldinlab ketganini ko‘pchilik, shu jumladan, Toshkent shahri ma'muriyati ham payqamagan.
Yuqorida so‘z yuritilgan holatlar TDYuU talabasi Hamidulla Ziyoyev tomonidan suratga olingan.
To‘liq ma'lumot: maqsudxon2.blogspot.com blogida