Sport | 11:10 / 14.05.2016
3633
1 daqiqa o‘qiladi

Useyn Bolt: «van Gal “MYu”ga tushadigan murabbiy emas»

Yamayka terma jamoasi tarkibida yengil atletika bo‘yicha bir necha karra olimpiyada chempioni hamda “Manchester Yunayted” jamoasi ishqibozi Useyn Bolt jamoa bosh murabbiyi Lui van Gal haqida o‘z fikrlarini aytib o‘tdi.

«Men yillar davomida, toki jamoaga van Gal kelgunga qadar “MYu”ni qo‘llab-quvvatlab kelganman. Men hatto unda o‘ynashni istardim.

O‘ylaymanki, ko‘pchilik futbolchilar uning qo‘li ostida maydonga tushishni istashmaydi. Futbolchilar van Gal bilan ishlashni istamaydi.

U “Manchester Yunayted” o‘ynay olmaydigan o‘yin taktikalarini tuzadi. Jamoa hujumkor jamoa, u oshirib o‘ynashni yoqtiradi.

Men van Gal yomon murabbiy demoqchi emasman, ammo u “MYu”ga aniq tushmaydi», — dedi Bolt.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish