Jahon | 16:54 / 15.05.2016
3779
2 daqiqa o‘qiladi

Gvatemala Beliz harbiylarini gvatemalikka zo‘ravonlik qilishda aybladi

Gvatemala hukumati Beliz armiyasi vakillarini gvatemalalikni qo‘lga olish vaqtida haddan ziyod zo‘ravonlik unsurlarini qo‘llaganlikda ayblab chiqdi.

Gvatemala fuqarosi 2 do‘sti bilan Beliz tarkibidagi hududda noqonuniy ravishda mineral moddalar qazib olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Beliz hukumatining bildirishicha, gvatemalalik machete bilan askarlarga tashlangan va ular himoyalanishga majbur bo‘lishgan. Gvatemala hukumati esa bu bayonotni inkor qilmoqda.

Beliz va Gvatemala o‘rtasida qariyb 150 yildan buyon hududiy nizo mavjud. Gvatemala tomoni o‘z hududining 12,2 ming kv km qismi qo‘shni davlatga o‘tib qolganini iddao qiladi.

Aprel oyida Gvatemala gvatemalalik o‘smir qo‘shni davlat tomonidan uzilgan o‘qdan halok bo‘lishi tufayli Beliz bilan chegarada 3 ming nafarga yaqin harbiysini joylashtirdi.

Beliz esa Gvatemala harbiylarining chegaraga bu qadar yaqin joylashtirilishi ikki mamlakat munosabatlaridagi vaziyatni yanada qaltislashtirganini qayd etdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish