Jamiyat | 09:02 / 15.05.2016
8218
1 daqiqa o‘qiladi

Tirsagiga tayangan holda 8 soat tura olgan xitoylik jahon rekordini o‘rnatdi

Xitoylik Mao Veydung «planka» mashqini bajarish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. Sportsmen tirsak va oyoq uchlariga tayangan holda sakkiz soatu bir daqiqa tura olgan. Bellashuv Pekin shahrida bo‘lib o‘tdi.

Mao o‘z g‘alabasini bir necha bor yerturtki (otjimaniya) mashqini amalga oshirib nishonladi.

Nashrning xabar berishicha, 44 yoshli Mao terrorizm va zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi maxsus guruhda xizmat qiladi. U bo‘sh vaqtida sport bilan shug‘ullanadi. 

Ta'kidlanishicha, xitoylik o‘zining avvalgi rekordini yangiladi. O‘tgan safar u to‘rt soatu 26 daqiqa tirsagiga tayangan holda tura olgan.

O‘tgan yili Xitoyda HDF dengizchisi ochiq ko‘z bilan 57 daqiqa va 24 soniya uzluksiz turib, jahon rekordini o‘rnatgan edi.