Xitoylik Mao Veydung «planka» maşqini bajariş böyiça jahon rekordini örnatdi. Sportsmen tirsak va oyoq uçlariga tayangan holda sakkiz soatu bir daqiqa tura olgan. Bellaşuv Pekin şahrida bölib ötdi.

Mao öz ğalabasini bir neça bor yerturtki (otjimaniya) maşqini amalga oşirib nişonladi.

Naşrning xabar berişiça, 44 yoşli Mao terrorizm va zöravonlikka qarşi kuraşuvçi maxsus guruhda xizmat qiladi. U böş vaqtida sport bilan şuğullanadi. 

Ta'kidlanişiça, xitoylik özining avvalgi rekordini yangiladi. Ötgan safar u tört soatu 26 daqiqa tirsagiga tayangan holda tura olgan.

Ötgan yili Xitoyda HDF dengizçisi oçiq köz bilan 57 daqiqa va 24 soniya uzluksiz turib, jahon rekordini örnatgan edi.