Sport | 22:16 / 15.05.2016
3666
1 daqiqa o‘qiladi

Keyn APLda joriy mavsumning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi

«Tottenhem» hujumchisi Harri Keyn 2015/16 yilgi mavsumda APL to‘purariga aylandi.

22 yoshli futbolchi 38ta o‘yinda 25ta gol urdi. Undan keyingi eng yaxshi ko‘rsatkichlar Serxio Aguero («Manchester Siti», 24 gol), Jyeymi Vardi («Lester», 24 gol), Lukaku («Everton», 18 gol) va Mahrez («Lester», 17 gol) kabi futbolchilarga tegishdi.

Shu tariqa, Keyn 1999/00 yilgi mavsumdan buyon APLda «Oltin butsa»ga ega bo‘lgan birinchi inglizga aylandi. O‘sha mavsumda angliyalik Kevin Fillips to‘purar bo‘lgandi.